▶
Vebinar: Atrof-muhitni muhofaza qilish va jamoatchilik ishtiroki: Orxus konvensiyasi imkoniyatlari
Vebinar davomida Orxus konvensiyasining asosiy tamoyillari, fuqarolarning ekologik axborot olish huquqi, qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etishi hamda ekologik masalalar bo‘yicha adolatga murojaat qilish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayonlarining huquqiy asoslari, jamoatchilik ishtiroki, ochiqlik va shaffoflik talablari muhokama qilindi. Ishtirokchilar jamoatchilik eshituvlari qanday tashkil etilishi, ekologik axborotdan foydalanish tartibi va amaliyotda uchraydigan asosiy muammolar haqida qo‘shimcha bilimga ega bo‘ldilar.
