“Sukunat nidosi” nomli pantomima sahnalari

“Sukunat nidosi” nomli pantomima sahnalari

O‘zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasi va “Shams-Qamar” teatr studiyasi hamkorligida biz “Sukunat nidosi” nomli pantomima sahnalarini tomoshabinlarga taqdim etdik. Ushbu teatr tomoshasi Genderga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik kampaniyasiga bag‘ishlandi. San’at va teatr genderga asoslangan zo‘ravonlikka qarshi kurashda nihoyatda kuchli vositalardir. San’at va teatr asarlari sukunatni buzadi, hamdardlik uyg‘otadi, zararli ijtimoiy me’yorlarni shubha ostiga oladi, xabardorlikni oshiradi va jamiyatda o‘zgarishlarga undaydi.