Mening kunim - mening huquqlarim: Sevinch

Mening kunim - mening huquqlarim: Sevinch

Sevinch san’at institutida tahsil oladi, eshitishda nogironligi bo'lgan odamlar uchun gid bo‘lib ishlaydi. Imo-ishora uning dunyo bilan bog‘lovchi vositasidir. U imo-ishora tili orqali axborotga ega bo‘lish istisno emas, balki hayotiy zaruriyat ekanligini ta’kidlaydi. Uningcha, huquqlar - bu tushunilish, tinglanish va jamiyatga qo‘shilish imkoniyatidir. Ushbu #JahonBolalarKuni da biz tushunilish va qabul qilinish huquqini ilgari surayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. #MeningKunimMeningHuquqlarim