▶
Mening kunim - mening huquqlarim: Sevara
Sevara maktabga boradi, o‘ynaydi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga qatnashadi, kechqurun multfilmlar ko‘radi va oilasi bilan vaqt o‘tkazadi. U o‘zida barcha zarur narsalar - ta’lim, g‘amxo‘rlik va sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish imkoniyati borligini his qiladi hamda har bir bolada shunday bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. U bolaning baxti oddiy narsalardan boshlanishiga ishonadi. #JahonBolalarKuni da biz bola huquqlarining uning kundalik hayotidagi ahamiyatini e’tirof etamiz. #MeningKunimMeningHuquqlarim
