▶
Mening kunim - mening huquqlarim: Malika
Har kuni 17 yoshli Malika global sog‘liqni saqlash mavzusini o‘rganib, o‘z fikrini ishonch bilan ifoda etishni o‘zlashtiryapti. U ta’lim olish, axborot olish va fikr erkinligi huquqlaridan foydalanadi. U jamiyatning kelajagi aynan bugun, bolalarning huquq va imkoniyatlari orqali shakllanayotganiga ishonadi. Bugungi #JahonBolalarKuni da biz Malika singari o‘z huquqlaridan foydalanayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. #MeningKunimMeningHuquqlarim
